O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Minsk shahrida rapid va blits shaxmat bo‘yicha bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida iste’dod va mahoratini namoyish etib, yuksak g‘alabalarga erishdi.

Blits shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatining o‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Islombek Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi, Abdulbosit Sharifjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Islombek Sindorov to‘qqiz partiyaning sakkiztasida g‘alaba qozonib, 8 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U rossiyalik Konstantin Kotelnikov, Arseniy Chumak, Vsevolod Timofeyev, Patrik Pershin, Tamerlan Chindigir, litvalik Moteus Dudnikas, ukrainalik Igor Nagorniy va jamoadoshi Abdulbosit Sharifjonov ustidan g‘alaba qozondi.

Chempionga imkoniyatni boy bergan Abdulbosit Sharifjonov ham to‘qqiz imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘ringa loyiq topildi. U musobaqa davomida belaruslik Maksim Alenev, Timur Gvozdev, Mixey Naumenka, ukrainalik Mark Tripulskiy, estoniyalik Albert Pedmanson, litvalik Gleb Pidlulniy, rossiyalik Leonid Lissov, vetnamlik Minx Trong Nguyenni mag‘lubiyatga uchratdi.

Islombek rapid shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli qatnashib, ikkinchi o‘rinni egalladi. U musobaqada rossiyalik Aleksandr Cherkashin, Sergey Pogorelov, Vsevolod Ponomarev, Tamerlan Chindigir, ukrainalik Oleksiy Popovskiy, Yuriy Xrinovskiy, Kemal Bashirov va vetnamlik Pan Xiyem Doanni yengib, ushbu bahsda chempion bo‘lgan belaruslik Mixey Naumenko bilan bir xil – sakkiz ochko to‘pladi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz Minskdagi jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi