Janubiy Koreyaning Suvon shahrida yakunlangan shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz shaxmatchilari munosib ishtirok etdi.

Nufuzli musobaqaning o‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli shaxmatchimiz to‘qqiz turning birontasida mag‘lubiyatga uchramadi. U mo‘g‘ulistonlik G.Xos-Erdene, E.Enx-Od, G.Amartuvshin, hindistonlik K.Manish, D.Maxitosh, R.Sadxvani, R.Praggnanandxa, eronlik B.Donishvar ustidan g‘alaba qozonib, hindistonlik yana bir shaxmatchi M.Aditiya bilan durang o‘ynadi.

E’tiborlisi, Javohir sakkizinchi turdayoq chempionlikni o‘z foydasiga hal qilib bo‘lgan edi. Uning to‘plagan ochkosi kumush medal sohibi Mittal Aditiyadan 2, uchinchi o‘rin egasi Ravnaq Sadxvanidan 2,5 ochkoga ko‘pdir.

Terma jamoamizga Osiyo chempionati bronza medalini o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev keltirdi. U to‘qqiz partiyaning oltitasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang natija qayd etdi va 7 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilgan rapid va blits shaxmat bo‘yicha “World Youth Mind Sports Fair” turnirida ham yosh sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Rapid shaxmat bo‘yicha o‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda ham Javohir Sindorovga teng keladigani topilmadi. U yetti partiyaning beshtasida Janubiy koreyalik Seungxu Cho, hindistonlik shaxmatchilar Dey Maxitosh, Kristiano Manish, Siddamshetti Say Pranav, vetnamlik Tiyen Vo Famni yengib, vetnamlik Duk Sang Nguyyen va eronlik Bardiya Donishvar bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa, yetti imkoniyatdan 6 ochko to‘plab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Javohirning ukasi Islombek Sindorov ham Janubiy Koreyadan medalsiz qaytmadi. Iqtidorli shaxmatchimiz “World Youth Mind Sports Fair” turnirining rapid yo‘nalishi bo‘yicha sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida yetti imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

U yetti turning oltitasida Janubiy koreyalik Sunvo Ji, vetnamlik Xiyem Doan Fan, Minx Xoang, mo‘g‘ulistonlik Beyarbat Erxes, hindistonlik Shoh Dev, eronlik Borsa Taslimiy ustidan g‘alaba qozonib, bittasida hindistonlik Kartik Srish bilan durang natija qayd etdi.

O‘n olti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Nilufar Yoqubboyeva yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan holda bronza medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz g‘alabasi