O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan 2018 yilgi yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Osiyo chempionati saralash bahslarida terma jamoamiz a’zolari "D" guruhida BAA, Livan va Nepal terma jamoalari bilan bahslashadi.

Futbolchilarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni livanlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘yinning 20-daqiqasida livanlik futbolchi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Bobur Abduholiqov 30- va 39-daqiqalarda raqib darvozasiga yana ikkita to‘p kiritdi. 58-daqiqada Livan terma jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, uchrashuv 3:1 hisobida futbolchilarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

BAA va Nepal terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar yirik – 5:0 hisobida zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yili Xitoyda bo‘ladigan yigirma uch yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida mezbonlar bilan birga, saralash bahslarida o‘nta guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta davlat terma jamoalari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh futbolchilarimizning ilk g‘alabasi