2018-yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘n to‘qqiz yoshgacha futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda.

O‘zbekiston futbol federatsiyasidan ma’lum qilishicha, yig‘in doirasida yosh futbolchilarimiz BAA yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Kamron Saidazimov va Afzal Xolmuhammedov raqib darvozasiga gol kiritib, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Aleksandr Mochinov shogirdlari 10-mart kuni mezbonlarga qarshi yana bir o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining saralash bosqichi shu yilning 31-oktabr – 8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh futbolchilarimiz g‘alaba qozondi