O‘zA O`zbek

31.07.2019 Chop etish versiyasi

Yosh futbolchilarimiz finalda

Yosh futbolchilarimiz finalda

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi xalqaro musobaqada munosib ishtirok etmoqda.

Rossiyaning Sochi shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar oʻrtasida xalqaro superkubok musobaqasida Jamshid Asadov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi finalga yoʻl oldi.

Yosh futbolchilarimiz superkubokda “Galaktika” jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan boʻlsa-da, “Atletik”ni 3:0, “Inter”ni 1:0, “Sumada”ni 4:1 hisobida yengib, finalda rossiyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadigan boʻldi.

Final uchrashuvi bugun boʻlib oʻtadi.

3 565
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA