Hindistonning Kochchi shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar va kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etib, 5 oltin, 6 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasida vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvlarida qatnashgan Artyom Shturbabin KXDR vakili Xyong Un Kim, hindistonlik Jaslin Singx Saini, eronlik Alirizo Hojastehni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Davlat Bobonov iordaniyalik Solih Sefan, eronlik Subhon Rasuliy va tojikistonlik Akmal Murodov ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

90 kilogrammgacha vazn toifasidagi dzyudochilar bellashuvida Muhammadkarim Xurramov Janubiy Koreya vakili Yu Xan Li, Xitoy Taypeyidan Fong Shun Chen va qirg‘izistonlik Azamat Bektursunovni yengib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida Suhrob Tursunov va Bekmurod Oltiboyev kumush, Doston Ro‘ziyev va Renat Najmiddinov bronza medal bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Gulnur Murodboyeva o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, qit’ada tengsiz ekanini isbotladi. Nodira Yo‘ldosheva ikkinchi, Diyora Keldiyorova, Mahliyo Mannopova va Rahima Yo‘ldosheva uchinchi o‘rinni egalladi.

Kadetlar o‘rtasidagi bahslarda Sanobar Sultonova oltin, Shahzod Ochilov, Jasur Samadov va Ulug‘bek O‘roqov kumush, Nasrullo Shokirov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimizning g‘alabasi