Zarafshon komputer texnologiyalari kollejining “Lochin” jamoasi “Yosh chegarachilar” musobaqasining mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jamoalari 12 shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Mamlakatimizda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada jamoalar safda turish, safda qo‘shiq aytib yurish, ijtimoiy-siyosiy, harbiy sohaga oid va davlat chegaralari to‘g‘risida, ingliz tili bo‘yicha bilimini namoyish etdi. Yugurish, turnikda tortilish bo‘yicha kuch sinashdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejining “Qalqon”, Tomdi agroiqtisodiyot kollejining “Shunqorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lochin” jamoasi “Yosh chegarachilar” musobaqasining viloyat bosqichi g‘olibi