Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 16:11 Chop etish versiyasi

Yosh bokschilarimizning g‘alabalari

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Filippinda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida uchtadan oltin va kumush hamda to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Osiyo qit’asining 18 mamlakatidan 150 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashgan musobaqaning 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev final bahsida Janubiy Koreya vakili Seon Gun Goxga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Nurislom Ismoilov qirg‘izistonlik Umar Quvonchbek ulini, Shohrux Almatov esa hindistonlik Satender Singhni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Musobaqada Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Rahmatullo Toshpo‘latov, Asadbek Jumaniyozov kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Muhammadmuso Abdurahmonov, Ruslan Abdullayev, Sherzod Qodirboyev hamda Kamronbek Rahmonov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 847






Все о погоде - Pogoda.uz