O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Yosh bokschilarimiz Belarusda g‘olib bo‘ldi

Yosh bokschilarimiz Belarusda g‘olib bo‘ldi

Belarusning Minsk shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida V.Botvinnik xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakunlandi. Unda jahonning 10 ga yaqin mamlakatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari raqobatlashdi.

Musobaqada vakillarimizdan Asrorbek Shahobiddinov, Aydos Tagaboev va Jahongir Zokirov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo jarohat sabab hal qiluvchi bahsda ringga ko‘tarila olmagan Azizbek Tojiev va Login Petrov kumush medal bilan taqdirlandi. Vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan Iqbol Qudratov esa terma jamoamizga uchinchi kumush medalni keltirdi. Shuningdek, A’loxon Abdullaev bronza medaliga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, ushbu turnir terma jamoamiz uchun oktabr oyida BAAning Fujayra shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

1 521
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA