O‘zA O`zbek

15.03.2019 19:40 Chop etish versiyasi

“Yoʻl qoidasi – umr foydasi”

“Yoʻl qoidasi – umr foydasi”

Oʻquvchilar sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha toʻgaraklar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tomonidan aholi orasida yoʻl transport hodisalarining oldini olish, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, sportning texnik va amaliy turlarini targʻib qilish maqsadida poytaxtimizdagi 257-son umumtaʼlim maktabida “Yoʻl qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati va amaliy koʻrgazma boʻlib oʻtdi.

Tadbirda oʻquvchilar sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha toʻgaraklar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Har yili poytaxtimiz boʻylab oʻtkaziladigan “Yashil chiroq” musobaqalarini tashkil etish hamda maktab oʻquvchilarini musobaqaga tayyorlash jarayonida Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkilotining masʼul xodimlari, oʻqituvchi va murabbiylari doimo izlanishda. Bu kabi davra suhbatlari esa aholi, xususan yoshlarning harakat xavfsizligi borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

OʻzA
1 270