O‘zA O`zbek

27.06.2020 Chop etish versiyasi

“Yilning eng faol sport jurnalisti” ijodiy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

“Yilning eng faol sport jurnalisti” ijodiy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Yilning eng faol sport jurnalisti” ijodiy tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

– Jurnalistlar, taʼbir joiz boʻlsa, faoliyatimiz koʻzgusidir, – dedi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov.

Sohada bizning nazarimizdan chetda qolayotgan yoki eʼtiborsizlik qilayotgan masalalarni koʻtarib chiqasiz. Bu, albatta, sportimiz rivojiga xizmat qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi muvaffaqiyatlarimiz zamirida jurnalistlarning hissasi beqiyos.

“Yilning eng faol sport jurnalisti” tanloviga qiziqish bu yil har qachongidan yuqori boʻldi.

Birinchi oʻrin “Sport” telekanali bosh muharriri oʻrinbosari Akbarali Allayevga, 2-oʻrin “olamsport.com” internet sayti bosh muharriri Kamoliddin Alimovga, 3-oʻrin “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri Toʻlqin Roʻziyevga berildi.

Shuningdek, tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni, sport musobaqalarini faol yoritib kelayotgan OAV vakillari ham ragʻbatlantirilib, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

9 099
OʻzA