O‘zA O`zbek

31.08.2018 19:48 Chop etish versiyasi

Yevropa Ligasiga qurʼa tashlandi, “Milan” musobaqada qatnashadi

Yevropa Ligasiga qurʼa tashlandi, “Milan” musobaqada qatnashadi Monako shahrida Yevropa Ligasining 2018-2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi. Marosim oldidan oʻtgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari ham taqdirlanishdi. Ushbu nomga musobaqaning amaldagi gʻolibi “Atletiko” (Madrid, Ispaniya) jamoasi sardori Diyego Godin, shu klub yetakchisi va final qahramoni Antuan Grizmann hamda Fransiyaning “Marsel” klubini finalgacha yetaklab kelgan Dimitri Payetlar daʼvogarlik qilishayotgandi. Soʻrov yakunlariga koʻra Yevropa Ligasi-2017/2018 mavsumining eng yaxshi futbolchisi, deb Antuan Grizmann topildi.

Shundan soʻng musobaqaning guruh bosqichiga yetib kelishgan 48ta jamoa qurʼa yordamida 12 guruhga taqsimlanishdi. Qurʼa natijalari bilan tanishing:

A guruhi: “Bayer” (Germaniya), “Ludogores” (Bolgariya), “Syurix” (Shveysariya), AYEK (Larnaka, Kipr),

B guruhi: “Red Bull Zalsburg” (Avtriya), “Seltik” (Shotlandiya), “RB Leypsig” (Germaniya), “Rusenborg” (Norvegiya),

C guruhi: “Zenit” (Rossiya), “Kopengagen” (Daniya), “Bordo” (Fransiya), “Slaviya” (Praga, Chexiya),

D guruhi: “Anderlext” (Belgiya), “Fenerbaxche” (Turkiya), “Ayntraxt” (Germaniya), “Spartak” (Trnava, Slovakiya),

E guruhi: “Arsenal” (Angliya), “Sporting” (Portugaliya), “Qorabogʻ” (Ozarbayjon), “Vorskla” (Ukraina),

F guruhi: “Olimpiakos” (Gretsiya), “Milan” (Italiya), “Betis” (Ispaniya), “Dyudelanj” (Lyuksemburg),

G guruhi: “Vilyarreal” (Ispaniya), “Rapid” (Vena, Avstriya), “Spartak” (Moskva, Rossiya), “Glazgo Reynjers” (Shotlandiya),

H guruhi: “Latsio” (Italiya), “Marsel” (Fransiya), “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya), “Apollon” (Kipr),

I guruhi: “Beshiktosh” (Turkiya), “Genk” (Belgiya), “Malme” (Shvetsiya), “Sarpsborg” (Norvegiya),

J guruhi: “Sevilya” (Ispaniya), “Krasnodar” (Rossiya), “Standard” (Belgiya), “Oqxisor” (Turkiya),

K guruhi: “Dinamo” (Kiyev, Ukraina), “Ostona” (Qozogʻiston), “Renn” (Fransiya), “Yablones” (Chexiya)

L guruhi: “Chelsi” (Angliya), PAOK (Gretsiya), BATE (Belorus), “Vidi” (Vengriya).

Guruh bosqich oʻyinari 20 sentyabrda boshlanib, 13 dekabrda yakuniga yetadi. 2018/2019 yilgi Yevropa ligasi gʻolibi esa Ozarbayjonda aniqlanadi. Final bahsi 2019 yil 29 mayda Bokudagi “Olimpiya” stadionida boʻlib oʻtadi.

OʻzA
1 149