O‘zA O`zbek

22.02.2019 15:43 Chop etish versiyasi

Yevropa ligasi: Azmun “Zenit”ni keyingi bosqichga olib chiqdi, BATE esa bu safar qahramonlik koʻrsatolmadi

Yevropa ligasi: Azmun “Zenit”ni keyingi bosqichga olib chiqdi, BATE esa bu safar qahramonlik koʻrsatolmadi

Kecha klublar oʻrtasidagi turnirlar orasida nufuzi boʻyicha Chempionlar ligasidan keyin turuvchi Yevropa ligasining 1/16 final bosqich javob uchrashuvlari oʻtkazilib, nimchorak finalga yoʻl olgan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Dastlabki oʻyinda Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasiga minimal hisobda imkoniyatni boy bergan Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi javob oʻyinida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuv qahramoni piterliklarning yangi xaridi boʻlmish Sardor Azmun boʻldi. Eronlik futbolchi raqib darvozasini ikki bor ishgʻol etdi va yana bir golga hammuallif boʻldi.

“Arsenal” esa “Emireyts” stadionida BATE ustidan yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Belorus chempioni dastlabki oʻyinda oʻz maydonida “toʻpchilar”ni 1-0 hisobida magʻlub etgandi, ammo javob oʻyinida ular qahramonlik koʻrsata olishmadi.

Qolgan juftliklarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

“Napoli” (Italiya) – “Syurix” (Shveysariya) – 2:0

Ilk uchrashuv – 3:1

“Vilyarreal” (Ispaniya) – “Sporting” (Portugaliya) – 1:1

Ilk uchrashuv – 1:0

“Valensiya” (Ispaniya) – “Seltik” – 1:0

Ilk uchrashuv – 2:0

“Ayntraxt” (Frankfurt, Germaniya) – “Shaxtyor” (Ukraina) – 4:1

Ilk uchrashuv – 2:2

“Red Bull” (Avstriya) – “Bryugge” (Belgiya) – 4:0

Ilk uchrashuv – 1:2

“Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya) – “Viktoriya Plzen” (Chexiya) – 3:0

Ilk uchrashuv – 1:2

“Chelsi” (Angliya) – “Malmyo” (Shvetsiya) – 3:0

Ilk uchrashuv – 2:1

“Bayer” (Germaniya) – “Krasnodar” (Rossiya) – 1:1

Ilk uchrashuv – 0:0

“Inter” (Italiya) – “Rapid Vena” (Avstriya) – 4:0

Ilk uchrashuv – 1:0

“Benfika” (Portugaliya) – “Galatasaroy” (Turkiya) – 0:0

Ilk uchrashuv – 2:1

“Dinamo” (Kiyev, Ukraina) – “Olimpiakos” (Gretsiya) – 1:0

Ilk uchrashuv – 2:2

“Betis” (Ispaniya) – “Renn” (Fransiya) – 1:3

Ilk uchrashuv – 3:3

“Genk” (Belgiya) – “Slaviya” (Chexiya) – 1:4

Ilk uchrashuv – 0:0

Shu tariqa Yevropa ligasi nimchorak finalida “Chelsi”, “Arsenal”, “Napoli”, “Inter”, “Sevilya”, “Valensiya”, “Vilyarreal”, “Zenit”, “Krasnodar”, “Benfika”, “Renn”, “Slaviya” (Praga), “Dinamo” (Kiyev), “Ayntraxt”, “Dinamo” (Zagreb) hamda “Red Bull Zalsburg” klublari kurashni davom ettirishadi.

Yevropa ligasining 1/8 finaliga bugun, Toshkent vaqti bilan soat 17:00da qurʼa tashlanadi.

Otabek Eshmamatov, OʻzA
890