O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Yevropa ligasi: “Arsenal” yutqazdi, “Inter” esa nihoyat safarda gʻalaba qozondi

Yevropa ligasi: “Arsenal” yutqazdi, “Inter” esa nihoyat safarda gʻalaba qozondi

Kecha Yevropa ligasining 1/16 final bosqichidan oʻrin olgan dastlabki oʻyinlar yakunlandi.

Musobaqa favoritlaridan biri Londonning “Arsenal” klubi kutilmaganda mehmonda Belorusning BATE klubiga 1-0 hisobida yutqazib qoʻydi.

Ushbu bosqichdagi markaziy oʻyinlardan biri Rimdagi “Olimpiko” stadionida mahalliy “Latsio” hamda Ispaniyaning “Sevilya” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu yerda ham uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 22-daqiqada Vissam Ben-Yedder tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga muhim gʻalabani taqdim etdi.

Angliya Premyer-ligasida soʻnggi uchta safar oʻyinida magʻlubiyatga uchragan va ularda oʻz darvozasidan jami 12 ta toʻp oʻtkazib yuborgan Londonning “Chelsi” klubi nihoyat oʻzi uchun noxush anʼanaga barham berdi. “Aristokratlar” safarda Shvetsiyaning “Malmyo” klubidan 1-2 hisobida ustun kelishdi. Gollardan biriga “Chelsi” hujumchisi Olivye Jiru mualliflik qildi. Shuni taʼkidlash joiz, bu fransiyalik futbolchining Yevropa ligasidagi soʻnggi toʻrt oʻyinda kiritgan beshinchi goliga aylandi.

Yana bir qiziqarli oʻyinda Italiyaning “Inter” klubi mehmonda Avstriyaning “Rapid” klubi ustidan 1-0 hisobida zafar qozondi. Shu tariqa “neradzurrilar” soʻnggi olti yil ichida ilk bor Yevrokuboklarda safardan gʻalaba bilan qaytishdi.

Kecha boʻlib oʻtgan qolgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Krasnodar” (Rossiya) – “Bayer” (Germaniya) – 0:0

“Rapid” (Vena, Avstriya) – “Inter” (Italiya) – 0:1

“Galatasaroy” (Turkiya) – “Benfika” (Portugaliya) – 1:2

“Olimpiakos” (Gretsiya) – “Dinamo” (Kiyev, Ukraina) – 2:2

“Renn” (Fransiya) – “Betis” (Ispaniya) – 3:3

“Slaviya” (Chexiya) – “Genk” (Belgiya) – 0:0

“Malmyo” (Shvetsiya) – “Chelsi” (Angliya) – 1:2

“Sporting” (Portugaliya) – “Vilyarreal” (Ispaniya) – 0:1

“Seltik” (Shotlandiya) – “Valensiya” (Ispaniya) – 0:2

“Syurix” (Shveysariya) – “Napoli” (Italiya) – 1:3

“Bryugge” (Belgiya) – “Red Bull” (Avstriya) – 2:1

“Viktoriya Plzen” (Chexiya) – “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya) – 2:1

“Shaxtyor” (Ukraina) – “Ayntraxt” (Frankfurt, Germaniya) – 2:2

1 266
OʻzA