O‘zA O`zbek

30.08.2018 23:08 Chop etish versiyasi

Yevropa Chempionlar ligasiga qurʼa tashlandi

Yevropa Chempionlar ligasiga qurʼa tashlandi Bir necha daqiqalar oldin Monakodagi “Grimaldi Forum” saroyida Yevropa Chempionlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosim avvalida bir necha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi va taqdirlandi. Jumladan, sahnaga taklif etilgan UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Devid Bekxemga yoshlarga futbolni targʻib etish borasidagi faol harakatlari uchun maxsus sovrinni topshirdi.

Sahnaga Diyego Forlan va Kaka taklif qilindi. Ular YECHLning oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra eng yaxshi deb topilgan futbolchilarni tantanali ravishda mukofotladilar. Eng yaxshi deb topilganlar esa quyidagilar boʻldi:

Eng yaxshi darvozabon - Keylor Navas. Ilk marotaba bunday sovrin kosta-rikalik futbolchiga nasib etdi (nomzodlar - Alisson, Janluiji Buffon).

Eng yaxshi himoyachi - Serxio Ramos(nomzodlar - Marselo, Rafael Varan) Eng yaxshi yarim himoyachi - Luka Modrich (nomzodlar - Kevin de Breyne, Toni Kroos).

Eng yaxshi hujumchi - Krishtianu Ronaldu (nomzodlar - Lionel Messi,Muhammad Salah) .

Eng yaxshi ayol futbolchi - Pernila Xarber(nomzodlar Amandin Anri, Ada Xegerberg).

Eng yaxshi futbolchi – Luka Modrich (nomzodlar -Ronaldu, Salah)

Qurʼaga koʻra, Yevropaning grand klublari quyidagi holatda guruhlardan joy oldi:

“A” guruhi: “Atletiko”, “Borussiya” Dortmund, “Monako”, AYEK Afina.

“B” guruhi: “Barselona”, “Tottenxem”, PSV Eyndxoven, “Inter”.

“C” guruhi: PSJ, “Napoli”, “Liverpul”, “Srvena Zvezda”.

“D” guruhi: “Lokomotiv” Moskva, “Portu”, “Shalke-04”, “Galatasaroy”.

“E” guruhi: “Bavariya”, “Benfika”, “Ayaks”, “Bryugge”.

“F” guruhi: “Manchester Siti”, “Shaxtyor”, “Lion”, “Xoffenxaym”.

“G” guruhi: “Real”, “Roma”, SSKA Moskva, “Viktoriya” Plzen.

“H” guruhi: “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Valensiya”, “Yang Boyz”.

Guruh oʻyinlariga18/19 sentyabr kunlaristart beriladi va

12 dekabrga qadar davom etadi.

17 dekabrda1/8 final, 15 martda1/4 final, 19 aprelda esa 1/2 finalga qurʼa tashlanadi.

30 aprel - 1 may kunlari yarim finalning dastlabki,7-8 mayda esa javob uchrashuvlari oʻtkaziladi.Final bahsi 1iyunga belgilangan. Mazkur hal qiluvchi oʻyin Madridning"Metropolitano stadionida oʻtkaziladi.

O'zA
2 290