O‘zA O`zbek

16.02.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbek oʻgʻloni amerikalik bokschini yutdi

Oʻzbek oʻgʻloni amerikalik bokschini yutdi

Hozirgina AQSHning Kanzas shtati Malveyn shahridagi “Kansas Star Arena” majmuasida oʻtkazilgan boks oqshomi yakunlandi.

Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz, ayni paytda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 5-oʻrinni egallab turgan Shohjahon Ergashev amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga koʻtarildi.

photo5420562836146465355.jpg

Ushbu bokschilar shu kungacha profi ringda magʻlubiyat nimaligini bilmay kelishayotgan edi. Agar hamyurtimiz 15 ta jangning barchasida gʻalabaga erishgan hamda ularning 14 tasini (!) muddatidan avval yakunlagan boʻlsa, Maykl Foks esa 19 ta jangdan beshtasini nokaut bilan oʻz foydasiga hal qilgandi. Bu safargi jangda ulardan qaysi biri faoliyatidagi ilk magʻlubiyatni qabul qilib olishi muqarrar edi va quvonarlisi, Shohjahon magʻlubiyatsiz yurishini yana bitta jangga uzaytirishga erishdi.

AQSHda ham katta qiziqish bilan qarshi olingan mazkur jangni Bil Klensi boshqarib bordi. Garchi butun jang davomida hamyurtimiz ringda faol harakatlari bilan ajralib turgan boʻlsa-da, referilarning amerikalik ekanligi bizni biroz xavotirga solayotgandi.

Xayriyatki xavotirlarimiz oʻrinsiz boʻlib chiqdi. 10 raund davom etgan jangda Ergashev ochkolar hisobida gʻalabaga erishdi. Umid qilamizki bu muvaffaqiyatdan soʻng Shohjahon Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida yanada yuqorilaydi va kamar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri daʼvogarga aylanadi.

1 552
Otabek Eshmamatov, OʻzA