O’zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tennis bo’yicha Xotin-qizlar o’rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda o’tkazilmoqda.

6-10 fevral kunlari o’tkaziladigan mazkur musobaqaning qur’a natijalariga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Guruhda terma jamoamiz ilk uchrashuvni Livan termasiga qarshi o’tkazmoqda.

Yakkalik bahslarining dastlabkisida yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova livanlik Nensi Karakiyga qarshi kortga chiqib 6:2, 6:0 hisobida zafar quchgan bo’lsa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ikkinchi uchrashuvda Xoda Habibni 6:0, 6:1 hisobida yengdi.

Ayni damda O’zbekiston va Livan terma jamoalari juftlik bahslarida kuch sinashmoqda. Unda Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova tandemi Sara Nassif va Nensi Karakiy o’zaro raqobatlashmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yasmina va Sabina ishonchni oqladi