O‘zA O`zbek

19.06.2020 Chop etish versiyasi

“Yashil” toifadagi hududlarda suv sporti bilan bemalol shugʻullanish mumkinmi?

“Yashil” toifadagi hududlarda suv sporti bilan bemalol shugʻullanish mumkinmi?
Kuni kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov ishtirokida AOKA huzuridagi shtabda brifing boʻlib oʻtdi. Unda bir qator muhim savollarga javob olindi.

Karantin vaqtida litsenziyasini yangilay olmagan murabbiylar qachon malaka oshirish kurslarida oʻqishlari mumkin?

Karantin davrida murabbiylik litsenziyasining amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabriga qadar uzaytirilgan.

Maʼlumot uchun: 2020-yil may oyida masofadan oʻqitish orqali shartnoma asosida 118 nafar trener malakasini oshirdi.

***

5-iyundan basseynlar faoliyatiga ruxsat berildi. Demak, “yashil” toifadagi hududlarda bemalol suv sporti bilan shugʻullanish mumkinmi?

Basseynlar faoliyatiga “yashil” hududlarda ruxsat berilgan boʻlib, bunda faqat oʻsha hududdagi sport taʼlim muassasalarining yosh sportchilari mashgʻulotlar olib borishi mumkin.

Sogʻlomlashtirish guruhlari va aholi vakillariga esa xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda hozircha ruxsat berilgani yoʻq.

***

“Yashil” hududlarda sport inshootlari va toʻgaraklariga ruxsat berildi. Farzandlarimiz mahalladagi sunʼiy qoplamali futbol maydonida futbol oʻynashganiga mahalla noziri jarima soldi. Shu toʻgʻrimi?

Agar futbol maydoni sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq tegishli uskunalar bilan taʼminlanmagan boʻlsa (dezinfeksion “toʻshak”, pirometr, antiseptik vositalar va hokazo), oʻyindan avval dezinfeksiya ishlari olib borilmagan va mahalla noziri bu haqda ogohlantirilmaganda oʻyinni toʻxtatish va taqiqlash mumkin.

10 625
OʻzA