Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 12:19 Chop etish versiyasi

Yashil maydonda mahalla yoshlari

Yashil maydonda mahalla yoshlari Nukusda mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy sport bayrami — «Futbolimiz kelajagi» turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 12 jamoa uch yosh toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Qoraqalpog‘iston Futbol federatsiyasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan turnir yoshlarning millionlar o‘yiniga qiziqishi kuchli ekanini yana bir karra tasdiqladi.

Bahslar yakunida 9-10 yoshli bolalar o‘rtasida Nukus shahridagi «Ipak yo‘li» mahalla fuqarolar yig‘ini, 11-12 yoshlilar o‘rtasida Xo‘jayli tumanidagi «Qumbiz» mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi, 13-14 yoshlilar bellashuvida Kegeyli tumanidagi «Nurli bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 565






Все о погоде - Pogoda.uz