O‘zA O`zbek

19.06.2020 Chop etish versiyasi

Yangiqoʻrgʻonda sport turizmini rivojlantirish istiqbollari

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanining qoʻshni Qirgʻiziston bilan chegaradosh togʻli Qayroqi hududi sport turizmi uchun qulay imkoniyatlarga ega.

Bu joylardagi qir-adirliklarda yilning yarmi qor arimaydi, uning qalinligi bir metrgacha borishi mumkin. Zarur infratuzilma yaratilsa, hududda nafaqat turizm, balki sportning qishki turlari bilan shugʻullanish uchun ham zarur shart-sharoitlar yuzaga keladi. Xususan, qishki turbazalar faoliyatini tashkil etish, sayyohlar uchun changʻi va chana uchish, qordayurar (snegoxod), kvadrotsikllarni boshqarish uchun ajoyib maskan yaratish mumkin.

Bu borada viloyat hokimligi tomonidan Qayroqida togʻ-changʻi sportini yoʻlga qoʻyish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

photo_2020-06-18_20-49-31.jpg

photo_2020-06-18_20-49-34.jpg

photo_2020-06-18_20-49-33.jpg

Hisob-kitoblarga koʻra, respublika boʻyicha mazkur sohada 200 mingdan ziyod aholini ish bilan taʼminlash mumkin. Shuningdek, turizmga xizmat qiluvchi umumiy ovqatlanish, transport, chakana savdo kabi yoʻldosh tarmoqlarda yana koʻplab ish joylari tashkil etiladi. Xususan, Yangiqoʻrgʻon tumanida 16 ta dam olish maskanini tiklash hisobiga 1 ming 500 nafar aholini ish bilan taʼminlash mumkin. Maʼlumot uchun aytadigan boʻlsak, Namanganda oʻtgan bir hafta davomida 75 ta oilaviy mehmon uyi davlat roʻyxatiga olindi. Jumladan, Davlat xizmatlari markazlariga Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Nanay hududidan 59 ta, Chustning Gʻova hududidan 9 ta va Popning Chodak hududidan 7 ta shunday ariza kelib tushgan.

11 869
Hotam MAMADALIYEV(surat), OʻzA