O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 27 sport inshooti va 1 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etildi.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor farzandlarimizning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, ularda Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

2003-2015-yillarda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan viloyatda 160 sport inshooti hamda 28 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etildi, mavjudlari tubdan rekonstruksiya qilindi. Bu maqsadlar uchun 120 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

– Viloyatda manzilli dastur asosida sport inshootlari bunyod etishda mahalliy sharoit, hudud yoshlarining qiziqish va imkoniyatlari hisobga olinayotgani ommaviy sport turlari rivojlanishi, sport musobaqalari ko‘lami kengayishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali direktori G‘.Mamajonov. – Natijada xalqaro musobaqalarda ulkan marralarni zabt etayotgan sportchi yoshlarimiz safi tobora kengaymoqda.

Ta’lim maskanlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratish hamda ularni turli sport musobaqalariga jalb qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Uchko‘prik tumanidagi 14-umumta’lim maktabida zamonaviy sport majmuasi qad rostlab, o‘quvchi-yoshlar ixtiyoriga topshirildi.

– Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi zal 37 xil zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlandi, – deydi maktab direktori Odinaxon Ro‘zimatova. – Bu yerda yuvinish, tibbiyot, murabbiylar xonalari mavjud. Yangi inshootning bunyod etilishi maktabimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sport to‘garaklari qatorida badiiy gimnastika, karate, boks mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 27 sport inshooti barpo etildi