Farg‘ona viloyatida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 23 sport inshooti foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor farzandlarimizning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, ularda Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2003-2014-yillarda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatda 165 sport inshooti barpo etildi va tubdan rekonstruksiya qilindi. Bu maqsadlar uchun 91 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

Ta’lim maskanlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoitni yaratish hamda ularni turli sport musobaqalariga jalb qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2014-2015 o‘quv yilida 500 ga yaqin farg‘onalik o‘g‘il-qiz mamlakat va nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgani ana shu imkoniyatlar samarasidir.

– Har bir sport majmuasi mahalliy sharoitlar hisobga olingan holda, hudud yoshlarining qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib qurilayotir, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali direktori Ma’rifjon Turdimatov. – Natijada xalqaro arenalarda ulkan marralarni zabt etayotgan iqtidorli sportchi-yoshlarimiz safi kun sayin kengayib bormoqda. 2015-yil manzilli dastur asosida viloyatimizda 199 umumta’lim maktabidagi sport zali hamda 23 bolalar va o‘smirlar sporti, futbol maktablari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, joylarda ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sport musobaqalari ko‘lamini kengaytirish imkoniyatini bermoqda. O‘tgan davr mobaynida viloyatimiz shahar va tumanlarida 463 sport musobaqasi o‘tkazilib, ularga 250 mingdan ortiq yosh jalb etildi.

Marg‘ilon shahridagi Go‘ravval mahallasi yoshlari istiqlolimizning 24-yilligini o‘zgacha quvonch bilan kutib oldi. Boisi, bu yerda 1 ming 200 nafar yoshga mo‘ljallangan zamonaviy sport maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi. Futbol, basketbol va tennis maydonlari mahalla yoshlarining o‘zlari qiziqqan sport turlarini puxta o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi sport maskanlari