Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.11.2017 12:33 Chop etish versiyasi

Xorazmda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzdan ortiq sportchi 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Chempionatda Akmaljon Najmiddinov, Yahyo Imomov, Sherali Jo‘rayev, Ihtiyor Xolmurodov, Doniyor Sultonboyev, Shahram Ahadov, Umidjon Abdullayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Xotin-qizlar o‘rtasida Shohista Nazarova, Gulnur Murodboyeva, Zuhraxon Ma’murjonova, Dildora Shermatova, Hojiniso Kamoliddinova, Kumush va Rahima Yo‘ldoshevalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 641






Все о погоде - Pogoda.uz