O‘zA O`zbek

20.08.2018 19:07 Chop etish versiyasi

Xorazm jamoasi chempion

Poytaxtimizda uyushmagan yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Charm to‘p” futbol musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi.

Musobaqa Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi.

Olimpiya tizimida o‘tkazilgan “Charm to‘p“ musobaqasining final bahsida Farg‘ona va Xorazm jamoalari bahslashdi. 2:1 hisobida g‘alaba qozongan xorazmlik yoshlar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari, diplom bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 758