O‘zA O`zbek

10.01.2019 Chop etish versiyasi

Xalqaro turnir

Poytaxtimizdagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida boks boʻyicha 2003-2004 yillarda tugʻilgan charm qoʻlqop ustalari oʻrtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu turnirda bokschilarimizdan tashqari Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻistondan kelgan sportchilar 15 vazn toifasida oʻzaro bahslashdi.

Ikki yuz nafarga yaqin bokschi ishtirok etgan musobaqada vakillarimizdan Jahongir Egamberdiyev, Madiyor Doniyorov, Islombek Gʻaniyev, Asrorbek Shaxobiddinov, Baxtiyor Zuhrullayev, Jahonmurod Imomaliyev, Diyorbek Navroʻzov, Diyorbek Muhammadjonov, Temurxon Maxsetboyev, Mirzaahmad Mirzabekov, Login Petrov, Azizbek Ermamatov, Nusrat Tohirov, Abdulloh Solihov va Jahongir Zokirov oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.



3 176
J.Toshxoʻjayev, OʻzA