Sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi
Poytaxtimizda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro turniri yakunlandi.
Poytaxtimizda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro turniri yakunlandi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz suzish federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada o‘nga yaqin davlatdan yuzdan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Xalqaro turnirda sportchilar uch yosh toifasida (16-18 yosh, 13-15 yosh, 12 yosh va undan kichik) solo, duet va guruh bahslarida o‘z mahoratini namoyish etdi.
Turnirning solo bahslarida toshkentlik Ziyoda Toshxo‘jayeva, duet bahslarida Anastasiya Ro‘zmetova va Gulsanam Yo‘ldosheva juftligi o‘z yosh toifasidagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Guruh bahslarida Toshkent shahri, Andijon va Buxoro viloyatlari jamoalari shohsupaga ko‘tarildi.
Shuningdek, Rossiya, Belarus, Ukraina, Vengriya, Slovakiya, Isroil va KXDR sportchilari ham sovrinli o‘rinlarni egalladi.