O‘zA O`zbek

04.10.2019 Chop etish versiyasi

Xalqaro turnir oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Xalqaro turnir oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-6-oktyabr kunlari Termiz shahrida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV anʼanaviy al-Hakim at–Termiziy xalqaro turniri boʻlib oʻtadi.

Har ikki yillikning eng nufuzli kurash bayramlaridan biri hisoblangan mazkur musobaqada mamlakatimiz polvonlari bilan bir qatorda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 nafardan ziyod eng sara sportchilar gilamga tushishi rejalashtirilgan.

Mazkur xalqaro turnirga Kurash boʻyicha Jahon chempionlari, Osiyo oʻyinlari gʻoliblari tashrif buyurishi koʻzda tutilgan.

Musobaqa oldidan bir qator ekspert va mutaxassislar boshchiligida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda aytilishicha, Termiz shahrida xalqaro turnirni yuqori darajada oʻtkazish uchun katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

246
Muhammad AMIN (surat), OʻzA