O‘zA O`zbek

10.06.2020 Chop etish versiyasi

Xalqaro tennis federatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yangilangan tizimini eʼlon qildi

Xalqaro tennis federatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yangilangan tizimini eʼlon qildi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilga qoldirilgan Tokio Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun ushbu sport turi boʻyicha saralash bosqichining yangi tizimini eʼlon qildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari 2021-yilning 7-iyun kunidagi jahon reytingi holatiga koʻra aniqlab olinadi. Tennischilarning ishtiroki bilan bogʻliq avvalgi talablar esa saqlanadi. Yaʼni, Olimpiya oʻyinlarida (Paralimpiya oʻyinlarida ham) 64 nafar tennischi ishtirok etadi. Har bir mamlakatdan maksimum 12 nafar (6 nafardan erkak va ayol) tennischi qatnashishi mumkin. Juftlik musobaqalarida 32, mikst yoʻnalishida esa 16 nafar tennischi qatnashadi. Yuqoridagi tizim aravachada bahs olib boradigan Paralimpiya tennischilariga ham taalluqli.

Eslatib oʻtamiz, saralash musobaqalarining qoidasiga koʻra, hamyurtimiz Denis Istomin 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyati bilan Tokio Olimpiadasiga toʻgʻridan- toʻgʻri yoʻllanma olgan.

10 102
OʻzA