O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmogʻini jarohatladi

Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmogʻini jarohatladi

Ushbu hodisa 14 fevral kuni oqshomda prezidentning Rossiya, Turkiya va Eron Islom Respublikalarining uch tomonlama sammitida ishtirokidan soʻng Sochidagi “Yug-Sport” tatami markazida yuz berdi, deb yozadi sports.ru nashri.

Xabarda Rossiya Prezidenti 2016 yilgi Olimpiada oʻyinlarining 60 kilogrammgacha boʻlgan vaznda dzyudo boʻyicha chempioni Beslan Mudranov bilan boʻlgan olishuvda barmogʻidan jarohat olganligi, shunga qaramay Putin bahsni davom ettirgani bayon qilinadi.

rue18b4faeeb0.jpg

Tashrif oldindan rejalashtirilgan edi, bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

Mudranovdan tashqari Vladimir Putin boshqa olimpiya chempionlari bilan ham kurashgan.

rue388790dd25.jpg

Ushbu bellashuvlardan soʻng, prezident oʻzining sportga boʻlgan munosabati haqida gapirdi:

“Tibbiy faktlarga koʻra, insonning jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishi, tanadagi adrenalinni oshishiga, kayfiyatning koʻtarilishiga va hayotga teranroq qarashiga sabab boʻladi. Buni pushtirang koʻzoynakni yechganingizda atrof koʻzingizga boshqacha koʻrina boshlashiga qiyoslasa boʻladi. Bu murakkab effekt.

rue8b675b689e.jpg

Sportchilar qanchalik yuqori shohsupalarga koʻtarilsa, shunchalik chidamli boʻlib boraveradi. Ular hammasini kichik barmoqlari bilan his qiladi. Nafaqat sezadi, balki nima boʻlayotganini tushunadi. Va qayerda kerak boʻlsa, himoya qiladi, yordam beradi – ular bilan oʻzingni hamisha bexavotir sezasan”, deydi prezident.

Taʼkidlash joizki, Vladimir Putin oʻsmirlik chogʻlaridan buyon sportning turli xil turlari bilan shugʻullanib keladi. U sambo, dzyudo, changʻida uchish hamda xokkey bilan professional darajada tajribaga ega. Putin 1973 yilda sambo boʻyicha sport ustaligini ham yoqlagan.

1 445
O'zA