Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.08.2018 15:35 Chop etish versiyasi

Vinisus, Neymar, Ronaldo hamda braziliyalik 10 ta ajoyib futbolchilar

Vinisus, Neymar, Ronaldo hamda braziliyalik 10 ta ajoyib futbolchilar

Hamisha futbolni braziliyalik futbolchilar bezab turgan. Har qachon!

Keling, bugun ana shunday “sehrgar” futbolchilar o‘lkasidan chiqqan eng nomdor 10 ta o‘yinchi bilan tanishib chiqamiz.


Pele

ruu3af4b8cb17.jpg

Braziliyada va butun dunyoda eng yaxshi futbolchi deya e’tirof etiladigan tirik afsona Pele, 1956-yil 15 yoshida “Santos” safida professional futboldagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. 1958-yilgi jahon kubogini boshi uzra ko‘targanda esa endigina 17 yoshni qarshilagan o‘smir yigit edi.

Pele futbolchi sifatida 1000 dan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Gollarni “Santos”da va qisqa vaqt o‘ynagan “Nyu-York Kosmos” safida kiritgan. U jahon chempionatlarida uch marta g‘alaba qozongan yagona futbolchi. Braziliya termasi tarkibida 92 uchrashuvda 77 bor gol kiritgan Pele “pentakampeon”larning to‘purari sanaladi.

Ziko

1982-World-Cup-Finals-Seville-Spain-23rd-June-1982-Brazil-4-v-New-Zealand-0-razils-Zico-10.jpg

“Flamengo” futbolchisi Zikoni o‘z vatanida “oq Pele” deb atashgan. Garchi u Braziliya bilan jahon kubogini qo‘lga kirita olmagan bo‘lsada, Ziko Janubiy Amerika xalqlari tomonidan tan olingan eng yaxshi futbolchilardan sanaladi.

Ziko 18 yoshida “Flamengo” tarkibida debyut qildi. U Rio-de-Janeyro shahri klubi uchun 400 dan ortiq golda ishtirok etdi. Keyinchalik Italiyaga ko‘chib o‘tib, “Udineze” safida ham ikki mavsum to‘p surdi. Futbolchilik faoliyatini Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubda yakunladi. U milliy terma uchun 48 bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Romario

romario-de-souza-faria.jpg

Professional futbolchilik faoliyatini 19 yoshda boshlagan Romarioning debyut uchrashuvini “Vaskoda-Gama” klubida o‘tkazdi. 22 yoshida Yevropaga ko‘chib o‘tdi. U yerdagi klubi - Gollandiyaning “PSV Eyndhoven” jamoasi bo‘ldi. Besh mavsum PSVda o‘ynagandan keyin, “Barselona” tarkibida bir mavsum harakat qildi.

Bo‘yi kalta bo‘lgan Romarioni muxlislar chiroyli o‘yinlari bilan yaxshi eslashadi. U hatto 40 yoshdan oshgan paytlarida ham futbol o‘ynadi. 1994-yil Braziliya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Romario, “selecao” uchun 70 o‘yinda 55 ta gol urdi.

Ronaldo

large.jpg

“Kruzeyro” safida 16 yoshni qarshilagan Ronaldo, ushbu klubda 34 ta o‘yinda 34 ta gol urdi. U o‘zi yoqtirgan futbolchisi - Romario ta’sirida PSV safiga o‘tdi. So‘ngra “Barselona”, “Inter” hamda “Real” klublarida to‘p surdi.

1994-yil Braziliya jahon kubogini qo‘lga kiritganda Ronaldo, terma uchun aytarlik hech narsa qilmadi. Ammo 2002-yildagi finalda “Fenomeno” jamoaning g‘olibligida asosiy ishtirokchisiga aylandi. Braziliya tarkibida 98 ta o‘yinda 62 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

Denilson

618x405.jpg

1998-yil “San-Paulu”da “Real Betis”ga ko‘chib o‘tganda dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha klublarda to‘p surdi. Fransiyada bir oz muddat ishsiz ham qolgan kunlari bo‘ldi.

Ammo u terma jamoada muhim futbolchilardan biri sifatida maydonda harakat qildi hamda “selecao” bilan 2002-yilgi mundialda zafar quchdi.

Adriano

595d7-Adriano.jpeg

Denilson kabi Adriano ham o‘z potensialini erta ro‘yobga chiqara olmadi. Hujumchi 19 yoshida “Inter”ni tark etib, qarzga botib yotgan “Fiorentina”ga ko‘chib o‘tdi. Keyinchalik “Parma”da to‘p surdi. Bir muncha vaqt “Milan”da ham harakat qildi.

Giyohvand moddalar hamda ichkilik ta’sirida avvalgi formasiga qayta olmadi. Braziliya uchun 48 bahsda 27 ta gol kiritib, “Copa América”, Konfederatsiyalar kubogi kabi musobaqalarda zafar quchdi. U hozir 36 yoshda. 2016-yildan buyon AQSHning “Mayami-Yunayted”i safida to‘p suryapti.

Ronaldino

Ronaldinho-2018-Wallpaper.jpg

U bir marta tug‘iladi va bir marta vafot etadi. Bo‘ldi. Afsuski, boshqa Ronaldinoni ko‘rmaymiz. Braziliyaning eng yaxshi futbolchilaridan va ehtimol, ko‘p yillar shunday bo‘lib qolar. U 18 yoshida “Gremio” jamoasi safida debyut qildi. Keyinchalik PSJ hamda “Barselona” jamoalarida top darajada harakat qildi. U haqida Leo Messi shunday degandi: “Ehtimol, kimdir, meni eng yaxshi futbolchi deb ko‘rsatar, biroq men uchun tarixidagi eng zo‘r futbolchi Ronaldino bo‘lib qoladi.”

Kataloniya klubida ko‘rsatgan xizmatlari uchun “Ballon d’Or”ga munosib deb topildi. 2002-yilda Braziliya bilan jahon kubogini qo‘lga kiritgan futbolchi, “selecao” uchun 97 o‘yinda 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Milliy terma libosida esa oxirgi marta 2013-yilda harakat qildi. 38 yoshli afsonaviy futbolchi shu yilning yanvar oyida faoliyatini rasman yakunladi.

Robino

inx960x640.jpg

“Ikkinchi Pele” va “Braziliya kelajagi” deya e’tirof etilgan futbolchi debyut uchrashuvini 18 yoshida “Santos” safida o‘tkazdi. U “Santos“ safida 46 ta gol kiritishga erishdi.

“Real”ning eng omadsiz transferlaridan biri bo‘lgan Robino, 2008-yilda “Man. Siti” safiga kelib qo‘shildi. Shahardagi omadsizliklardan so‘ng “Milan”da harakat qildi. Hozir u 34 yoshda. Turkiyaning “Sivasspor” klubida to‘p so‘rmoqda. Braziliya termasi uchun 100 uchrashuvda maydonga tushib 29 ta gol kiritdi.

Neymar

b2998a375e9d39ec69947760ed7a4fcf.jpeg

“Santos”da 17 yoshda debyut qilgan Neymar, zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan sanaladi. U 2013-yilda “Barselona” safiga kelib qo‘shildi. Kataloniya klubi bilan 123 o‘yinda ishtirok etib 68 ta gol kiritdi. 2017-yilda sayyoramizning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Neymar uchun PSJ “Barsa”ga 222 million yevro to‘lab berdi.

Braziliya termasi safida Rossiya maydonlarida amalga oshirgan harakatlari bilan muxlislar tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Neymar terma jamoa safida 90 uchrashuvda maydonga tushib, 57 bor gol kiritishga erishgan.

Vinisius Junior

242c9c.jpeg

Bundan bir necha hafta oldin “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirilgan Vinisus Junior endigina 18 yoshni qarshiladi. O‘tgan mavsum "Flamengo" tarkibida asosiy futbolchilardan biri bo‘lgan Vinisusni buyuk kelajak kutyapti.

10 yoshida “Flamengo” bilan shartnoma imzolagan futbolchi, debyut uchrashuvini Peledan bir yosh farqi bilan amalga oshirdi. U 16 yoshida professional futbolchi sifatida e’lon qilindi. Braziliyaning kelajagi sifatida qaralayotgan Vinisus asosiy terma safida hali maydonga tushganicha yo‘q. Ammo Braziliyaning 17 yoshgacha bo‘lgan tarkibida 22 o‘yinda 19 bor gol urishga erishdi. Darvoqe, undan ham Pele singari taqdir kutib qolamiz.

Internet materiallari asosida Shohrux No'monov tayyorladi
4 469