O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

VII XALQARO HARBIY OʻYINLARI: Dzyudo ikkita oltin edi, taekvondoda esa hozirning oʻzida uchta oltin, yana davom etishini tilaymiz

VII XALQARO HARBIY OʻYINLARI: Dzyudo ikkita oltin edi, taekvondoda esa hozirning oʻzida uchta oltin, yana davom etishini tilaymiz

Xitoyning Uxan shahrida Dunyoning 136 mamlakati vakillari oʻrtasida VII xalqaro harbiy oʻyinlari davom etmoqda

Shu kungacha 57 davlatdan jami 350 nafar harbiy sportchi ishtirok etgan dzyudo musobaqasida vakillarimiz ikkitadan oltin, kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan xolda umumjamoa hisobida 5-oʻrindan joy olganligi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda harbiy sport oʻyinlarining taekvondo turi boʻyicha bahslari davom etmoqda. Quvonarlisi bellashuvlarda oʻzbekistonliklarning ishtiroki samarali boʻlmoqda. Shu daqiqalarga qadar delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni yettitaga yetdi. Medallarning koʻpini oltin tashkil qilmoqda - 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza.

Bir necha daqiqa oldin ayollar oʻrtasida -49 kilogramm vazn toifasidagi olishuvda ishtirok etgan yurtdoshimiz Madinabonu Mannopova hal qiluvchi bellashuvda misrlik Abdelsalam Nurni magʻlub etib, musobaqaning shohsupasidan joy oldi va terma jamoa hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.

Bahslar davom etadi.

639
OʻzA