Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatovga Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni hamda Prezidentimiz sovg‘asi – “Malibu” avtomobilini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning o‘z aql-zakovati, iste’dodini to‘la namoyon etishi, mahoratini muttasil oshirib borishi, yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi. Buning natijasida mamlakatimizning barcha hududlaridan jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, xalqaro maydonlarda Vatanimiz shon-shuhratini ulug‘lashga qodir sportchilar yetishib chiqayotir.

Mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Prezidentimizning 2006-yil 1-maydagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2011-yil 19-yanvardagi “2011-2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari o‘zbek futboli taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tardi.

Yurtimizda barcha sport turlari qatori futbol ham tubdan isloh qilindi. Futbol bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashgan maktab-internatlari va futbol akademiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda, jahon talablariga javob beradigan zamonaviy futbol stadionlari barpo etilmoqda, mavjudlari qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Yetuk futbolchilarni tarbiyalash, malakali murabbiy va hakamlar tayyorlashni yanada kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yillarda yosh futbolchilarimiz dunyoning qator davlatlarida tashkil etilgan jahon va Osiyo chempionatlarida munosib ishtirok etdi.

FIFA referisi, mashhur o‘zbek hakami Ravshan Ermatov erishayotgan natijalar buning yaqqol isbotidir.

25c.JPG

2003-yildan buyon FIFA tasnifidagi musobaqalarni boshqarib kelayotgan R.Ermatov futbol bo‘yicha deyarli barcha nufuzli turnirlarda hakamlik qilmoqda. O‘zbek o‘g‘loni 2008, 2009, 2010, 2011 va 2014-yillarda besh marotaba “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda “Jahonning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. Mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni yuqori saviyada boshqarib kelayotgan R.Ermatov 2013-yil yakunlari bo‘yicha ham dunyoning eng kuchli hakamlari reytingining yuqori pog‘onalaridan joy olgan.

Ravshan Ermatovning 2010-yili Janubiy Afrika Respublikasi va 2014-yili Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida ketma-ket ishtirok etishi O‘zbekiston sportining ulkan yutug‘i bo‘ldi. 2010-yilgi chempionatning ochilish marosimi va yana to‘rtta uchrashuvni a’lo darajada boshqarib, dunyoga O‘zbekiston sportchilarining salohiyati va qudratini namoyon eta olgan o‘zbek hakami Braziliyadagi mundialda jami to‘rtta uchrashuvni muvaffaqiyatli boshqardi. R.Ermatov hakamlik faoliyati davomida jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuv boshqarib, dunyo rekordini o‘rnatdi. Bu bilan o‘zbek sportchilari ham dunyoda hech kimdan kam emasligini amalda yana bir karra isbotladi.

Ravshan Ermatov Prezidentimiz Islom Karimov farmonlariga muvofiq 2010-yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

Mashhur futbol hakami Ravshan Ermatov yaqinda futbol olamining nufuzli mukofotlaridan biri – “Globe Soccer Awards – 2015” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan marosimda “Globe Soccer Awards – 2015”ning turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblari taqdirlandi. Mukofotning “Eng yaxshi hakam” yo‘nalishida Ravshan Ermatov bilan bir qatorda Juneyt Chaqir, Vilmar Roldan, Xoel Agilar, Bakari Gassama va Norbert Xauata singari dunyoning eng tajribali referilari ham da’vogarlik qilgandi. Nufuzli hay’at a’zolari sovringa o‘zbek o‘g‘lonini munosib, deb topdi.

Bu mamlakatimiz sporti salohiyatining, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligining yana bir xalqaro e’tirofi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 31-dekabrdagi farmoniga muvofiq mamlakatimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish, xalqaro maydonda o‘zbek futboli nufuzini oshirish, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun R.Ermatov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini va Prezidentimiz sovg‘asi – “Malibu” avtomobili kalitini R.Ermatovga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev tantanali ravishda topshirdi.

– Xalqaro maydonlarda Vatanimizni sharaflash, uning obro‘si yuksalishiga hissa qo‘shish – eng oliy baxt, – dedi Ravshan Ermatov. – Nufuzli musobaqalarda hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni isbotlashdek ezgu maqsadimizga yetishayotganimizdan xursandmiz. Bu Yurtboshimiz rahnamoligida sportga, sportchilarga, jumladan, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir. Kamtarona mehnatlarimni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlagani uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Bu katta ishonch yanada yuksak marralar sari rag‘batlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Z.Nizomxo‘jayev, O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid, O‘zbekiston xalq artisti M.Azizov va boshqalar sportni rivojlantirish va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rsatayotgan ulkan g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimiz Islom Karimovga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.Nazarmuhamedov ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanni ulug‘lash – eng oliy baxt