O‘zA O`zbek

19.01.2018 13:34 Chop etish versiyasi

“Valensiya” Yevropa ligasida mag‘lubiyatga uchradi

“Valensiya” Yevropa ligasida mag‘lubiyatga uchradi
Basketbol bo‘yicha Yevropa ligasining 19-turida Rossiyaning “BK Ximki” klubi o‘z parketida Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasini 82:54 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Chempionatning “Jalgiris” (Litva) hamda “Valensiya” (Ispaniya) uchrashuvi 86:84 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Isroilning “Makkabi FOX” klubi Serbiyaning “Srvena Zvezda”sini 89:75 hisobida yengdi.

Ispaniyada “Barselona” va “Bamberg” (Germaniya) o‘zaro bahslashdi. O‘yinida kataloniyaliklar 81:66 hisobida g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
9 856