O‘zA O`zbek

19.05.2020 Chop etish versiyasi

V Islom birdamlik oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi

V Islom birdamlik oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi

Islom diniga eʼtiqod qiladigan mamlakat vakillari oʻrtasida Islom birdamlik oʻyinlari har 4 yilda bir marotaba oʻtkazilishi barchamizga maʼlum.

2021-yil 20-29-avgust kunlari Turkiyaning Konyo shahrida oʻtishi rejalashtirilgan V Islom birdamlik oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab “Tokio – 2020“ Olimpiya oʻyinlari 2021-yilning 23-iyul – 8-avgust, Paralimpiya oʻyinlari esa 24-avgust – 5-sentyabr kunlari oʻtishi belgilandi. Shu sababli, Islom birdamligi sport federatsiyasining (ISSF) ijroiya qoʻmitasi V Islom birdamlik oʻyinlarini boshqa muddatda oʻtkazishga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, 2017-yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtgan IV Islom birdamlik oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 15 oltin, 17 kumush hamda 31 bronza, jami 63 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.

6 795
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA