“Uzbek Tigers” mag’lubiyat alamini Termizda oladi
Kubada o’tkazilgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turniri guruh bosqichida “Cuba Domadores” va “Uzbek Tigers” jamoalari o’zaro bahslashdi.
Kubada o’tkazilgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turniri guruh bosqichida “Cuba Domadores” va “Uzbek Tigers” jamoalari o’zaro bahslashdi.Mazkur bellashuvda o’z vazn toifalarida Yozbani Viyeta - Xudoynazar Fayzovni 3:0, Lazario Alvares Estrada - Shunqor Abdurasulovni 3:0, Roniyel Iglesias - Mahmud G’oipovni 3:0, Xulio la Kruz - Madiyor Saidrahimovni 3:0 hamda Xose Larduyet Gomes - Bahodir Jalolovni 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa “Uzbek Tigers” safarda 5:0 hisobida mag’lubiya bo’ldi.
Endi jamoamiz 27 fevral kuni Termiz shahrida o’tkaziladigan “Cuba Domadores” va 1 mart kuni bo’lib o’tadigan “Colombia Heroicos” uchrashuvlariga tayyorgarlik ko’radilar.