O‘zA O`zbek

18.01.2018 22:20 Chop etish versiyasi

“Uzbek Tigers” 10-fevralda “Cuba Domadores”dan revansh oladi

“Uzbek Tigers” 10-fevralda “Cuba Domadores”dan revansh oladi Avval, boks bo‘yicha WSV – Butunjahon boks seriyasi yo‘nalishining VIII mavsumida “Uzbek Tigers” jamoasi guruh bellashuvlarida Kubaning “Cuba Domadores”, Venesuellaning “Veneszuela Caciques” va Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” jamoalari bilan kuch sinashishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqada jamoamiz ilk uchrashuvni 10 fevral kuni kubalik bokschilarga qarshi o‘tkazadi.

“Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” bellashuvida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar bilan tanishing:

57 kg: Jasurbek Latipov;
60 kg: Shunqor Abdurasulov;
69 kg: Mahmud Gaipov;
81 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
17 676