O‘zA O`zbek

05.07.2019 20:27 Chop etish versiyasi

Universiada-2019. Hikmatilloh Toʻrayev bronza medali uchun kurashadi

Universiada-2019. Hikmatilloh Toʻrayev bronza medali uchun kurashadi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Italiyaning Neapol shahrida talabalar oʻrtasida Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Dzyudo boʻyicha -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hikmatilloh Toʻrayev bugun bahslarga kirishdi.

Dastlabki davrada latviyalik Abulfazs Nasirovsni yenggan Toʻrayev yarim final yoʻlida Kim Chol Gvang (KXDR) va italiyalik Andrea Jismondoni magʻlub etishga erishdi.

MOQning yozishicha, sportchimiz final ostonasida rossiyalik Yevgeniy Prokopchukka imkoniyatni boy berib qoʻygan. Toʻrayev endi Universiadaning bronza medali uchun tatamiga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, kecha +90 kg vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirgan edi.

OʻzA