O‘zA O`zbek

28.05.2008 18:20 Chop etish versiyasi

Universal jang bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi

Toshkent shahrida universal jang bo‘yicha tashkil etilgan Osiyo chempionatida o‘ndan ziyod mamlakat vakillari sakkiz vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

O‘zbekistonlik sportchilardan olti nafari – Nuriddin Nuriddinov, Mixail Orlov, Alisher Abdullayev, Murod Xonto‘rayev, Talant Tursunov va Sherzod Sulaymonov qit’a chempioni bo‘ldi. Yana ikkita oltin medal tojikistonlik Siyovush Sharipov va Artur Odilbekovga nasib qildi.

Hamyurtlarimizdan yana besh nafari – Zuhriddin Odilov, Muhammadali Shoturg‘unov, Ruslan Aliyev, Jamshid Qorayev, Sherzod Hayitboyev kumush medal bilan taqdirlandi. Rossiyalik Andrey Arutyunyan, qirg‘izistonlik Nursulton Taltayev, turkmanistonlik Otajon Xuddiyev ham chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Umumjamoa hisobida oltita oltin, beshta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Tojikiston va Rossiya sportchilari kuchli uchlikdan joy oldi.


O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev
2 335