O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 11:25 Chop etish versiyasi

Umumjamoa hisobida beshinchi oʻrin

Umumjamoa hisobida beshinchi oʻrin

Oʻzbekiston butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida jami 33 ta medalni qoʻlga kiritdi

photo5238010847572372065.jpg

Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ilk bora rasman ishtirok etgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga koʻra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi.

photo5238010847572372066.jpg

Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi), qirgʻiz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq koʻpkari, otda yengish turlari boʻyicha medallarni qoʻlga kiritdi.

photo5238010847572372067.jpg

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

OʻzA