O‘zA O`zbek

31.07.2019 Chop etish versiyasi

Umid jahon chempioni, Kamronbekda esa kumush medal

Umid jahon chempioni, Kamronbekda esa kumush medal

Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida erkin kurashchilarimiz delegatsiyamizga dastlabki medallarini keltirdi.

Chempionatda hamyurtimiz Umidjon Jalolov 55 kilogrammgacha vazn toifasida bahs olib borib, soʻnggi hal qiluvchi final bellashuvida eronlik Mahdi Vaysini 3:1 hisobida magʻlub etdi va jahon chempioniga aylandi.

Vazni 48 kilogrammgacha boʻlgan yana bir polvonimiz Kamronbek Qadamov ham finalda ishtirok etdi. Afsuski, Eron termasining boshqa bir vakili Rahmon Amuzadhali bilan kechgan bellashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. Soʻnggi ochkoni qoʻlga kiritish uchun bellashayotgan Kamronbek kichik xatoga yoʻl qoʻydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 65 kilogrammgacha vaznda bronza medali uchun kurashgan boshqa bir vakilimiz Qudratbek Nurillayev hindistonlik Manish Gosvamiga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

3 377
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA