O‘zA O`zbek

22.01.2018 08:15 Chop etish versiyasi

Umid Ahmadjonov hamda Florentino Peres «Real» va «Deportivo» uchrashuvini birga tomosha qildi

Umid Ahmadjonov hamda Florentino Peres «Real» va «Deportivo» uchrashuvini birga tomosha qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov ayni paytda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, Umid Ahmadjonov “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peresning taklifiga ko‘ra La liganing 20-turidan o‘rin olgan “Real” - “Deportivo” uchrashuvini bevosita “Santyago Bernabeu” stadionida tomosha qildi.

Umid Ahmadjonov “Real” Madrid klubi prezidenti Florentino Peres, jamoa Bosh direktori Xose Anxel Sanches, klubning Tashqi aloqalar bo‘limi direktori Emilo Butrageno, “Stellar group” agentlik kompaniyasining Ispaniya va Portugaliya bo‘limi prezidenti Luis Alonso bilan ko‘rishdi.

Uchrashuv davomida o‘zbek futboliga Ispaniyadan kuchli mutaxassislar jalb qilish, “Real Madrid” akademiyasi filialini Toshkentda ochish, bolalar murabbiylari malakasini oshirish uchun turli seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

O'zA
8 563