O‘zA O`zbek

11.03.2020 Chop etish versiyasi

Tursunoy Rahimova ham Olimpiadaga boradi

Tursunoy Rahimova ham Olimpiadaga boradi

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo Okeaniya bokschilari uchun litsenzion musobaqasi oʻzining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Musobaqaning 51 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Tursunoy Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun oʻtgan bellashuvda tailandlik Yutumas Jitpongni yirik hisobda yengdi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasida yetti nafar bokschimiz ishtirok etadigan boʻldi.

6 845
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA