O‘zA O`zbek

28.08.2018 11:28 Chop etish versiyasi

Tur gollarga boy boʻldi

Tur gollarga boy boʻldi

Futbol boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasidagi XXIV mamlakat chempionatining 17-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur turda turnir peshqadami “Sevinch” jamoasi “Andijanka”ning mehmoni boʻldi. Andijonliklar harchand urinishmasin qarshiliklar hujumlarini bartaraf eta olmadi va yakunda 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. “Bunyodkor W” esa oʻz maydonida “Metallurg W”ni qabul qildi. Ushbu uchrashuv mezbonlar foydasiga hal boʻldi: 2-0. Turnir peshqadamlaridan yana bir jamoa - “Shoʻrtan Lady” Qoʻqonda “Qoʻqon-1912 W” bilan uchrashuv oʻtkazdi va yirik hisobdagi gʻalabasini nishonladi: 1-6. Turdagi qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Lokomotiv W”-“Neftchi W” 6:0, “Soʻgʻdiyona W”-“Navbahor W” 2:1, “Buxoro W”-AGMK W 0:6, “Qizilqum Guli”-“Paxtakor W” 3:1.

16 ta oʻyindan 46 ta ochko toʻplagan Qarshining “Sevinch” jamoasi hamon peshqadam. Turnir jadvalining 2-oʻrnida turgan Toshkentning “Bunyodkor W” klubi esa peshqadamdan bitta ochko orqada qolmoqda. 3-oʻrinda borayotgan Gʻuzorning “Shoʻrtan Lady” qizlarida 39 ochko bor.

18-tur oʻyinlari 29-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Bun-Metal (2).JPG

Bun-Metal (3).JPG

Loko-Neftchi (1).JPG

Loko-Neftchi (2).JPG

Loko-Neftchi (3).JPG

Muhammad Amin (surat), OʻzA
1 270