Toshkentda yangi chempionlar kashf etildi
Poytaxtimizda yunon-rum kurashi bo‘yicha 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir o‘tkazildi.
Poytaxtimizda yunon-rum kurashi bo‘yicha 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 300 dan ziyod sportchi 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.
– Bu kabi musobaqalar yosh polvonlar uchun katta tajriba maktabini o‘taydi, – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Komil Fatkulin. – Mazkur turnir yangi chempionlarni kashf etgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada Akmal Hamroyev, Namoz Abdullayev, Abror Otabev, Asilbek Ne’matov, Nurillo Yo‘ldoshmahmudov kabi polvonlarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.