Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 12:21 Chop etish versiyasi

Toshkentda tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan reyting turnirida Temur Imomov g‘alaba qozondi

Poytaxtimizda rapid – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan reyting turnirida o‘ttizdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

To‘qqiz turdan iborat musobaqada Toshkent viloyatidan Temur Imomov andijonlik Hasanboy Ahmedov, toshkentlik Xayriddin Murodov, Sayid Usmon Shamsiddin, Suhrobjon Avalboyev, Saidamir Hotamov, Sarvarbek Olimjonovni yengib, toshkentlik Mohinur Habibullayeva, Hadiyatullo Muhammedov va qashqadaryolik Abdumalik Abdusalimov bilan durang o‘ynadi. To‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan T.Imomov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

To‘qqiz partiyada 7,5 ochko jamg‘argan Suhrobjon Avalboyev qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Abdumalik Abdusalimov 7 ochko bilan kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
3 659






Все о погоде - Pogoda.uz