Toshkent shahri xalqaro marafonga tayyor
24 mart kuni poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoni bo‘lib o‘tadi
24 mart kuni poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoni bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilayotgan marafon oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov va boshqalar mamlakatimizda olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlarini aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Buning natijasida yosh sportchilarimiz kamol topib, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilyapti.
I xalqaro Toshkent yarim marafonida dunyoning 23 davlatidan kelgan 200 dan ortiq professional atletlar ishtirok etadi.
Shuningdek, musobaqada havaskorlar 5 kilometr masofaga, imkoniyati cheklanganlar esa 1 kilometr masofaga yugurishlari rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanganidek, I xalqaro Toshkent yarim marafoni doirasida turli xalq sayillari o‘tkaziladi. Xorijdan kelgan sportchilar O‘zbekistonning urf-odat, an’analari bilan tanishadi, milliy taomlarimizni tatib ko‘radi.
1 o‘rindan 8 o‘ringacha yetib borgan sportchilar 12 million so‘mdan 3 million so‘mgacha pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.