O‘zA O`zbek

07.03.2020 Chop etish versiyasi

Tokio Olimpiadasi koronavirus tufayli bekor qilinsa Yaponiyaning koʻradigan moliyaviy zarari qancha boʻladi?

Tokio Olimpiadasi koronavirus tufayli bekor qilinsa Yaponiyaning koʻradigan moliyaviy zarari qancha boʻladi?

SMBC Nikko Securities moliya kompaniyasining hisoblab koʻrishicha, agar koronavirus tufayli Tokioda 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari bekor qilinsa Yaponiya davlati taxminan 74,3 milliard dollardan mahrum boʻlar ekan. Kyodo News agentligi shu haqda xabar tarqatdi.

Ekspertlar hisob-kitobga Tokioning Olimpiada oʻyinlari tufayli koʻradigan daromadini ham qoʻshishgan. Chunki, Olimpiada oʻyinlari sayyohlar oqimi hamda tovar va xizmatlarga boʻlgan talabni keskin oshiradi. Bu taxminan, 6,5 milliard dollar boʻlarkan.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining bekor qilinishi Yaponiya yalpi ichki mahsuloti hajmini bir yilda 1,4 foizga pasaytiradi.

Bundan avvalroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti sport federatsiyalari bilan telefon orqali konferensiya oʻtkazgan edi. Unda Tokioda 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarini koronavirus tarqalgan bir sharoitda oʻtkazish masalasi muhokama qilingan edi. Konferensiya davomida musobaqalarni tomoshabinlarsiz oʻtkazish taklifi ham ilgari surilgan.

7 493
OʻzA