O‘zA O`zbek

16.05.2020 Chop etish versiyasi

Tokio – 2020 Paralimpiya oʻyinlarining medallar taqsimotida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

Tokio – 2020 Paralimpiya oʻyinlarining medallar taqsimotida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

2021-yilga qoldirilgan Tokio – 2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rio – 2016 Paralimpiya oʻyinlari bilan solishtirganda oʻynaladigan medallar toʻplamida ham ayrim oʻzgarishlar yuz berdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Masalan, Para kanoe boʻyicha Rioda 6 ta medallar toʻplami oʻynalgan boʻlsa, Tokioda ushbu sport turiga yana 3 ta medallar toʻplami qoʻshiladi va jami hisobda 9 ta boʻladi.

Quyida medallar borasida shu va boshqa oʻzgarishlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

Para kanoe: Rio – 2016 da 6 ta, Tokio – 2020 da 9 ta

Para atletika: Rio– 2016 da 177, Tokio– 2020 da 168 ta

Para oʻq otish: Rio– 2016 da 12 ta, Tokio– 2020 da 13 ta

Para suzish: Rio– 2016 da 146 ta, Tokio– 2020 da 152 ta

Para stol tennis: Rio– 2016 da 29 ta, Tokio– 2020 da 31 ta

Para triatlon: Rio-2016 da 6 ta, Tokio– 2020 da 8 ta

Aravachadagi qilichbozlik: Rio– 2016 da 14 ta, Tokio– 2020 da 16 ta.

7 551
OʻzA