O‘zA O`zbek

19.01.2018 10:51:18 Chop etish versiyasi

Tiril Ekxoff juda xursand bo‘ldi

Italiyaning Antxols-Anterselva shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining oltinchi bosqichida xotin-qizlar o‘rtasida sprint poygalari o‘tkazildi.

Unda norvegiyalik Tiril Ekxoff o‘q otishda umuman xatoga yo‘l qo‘ymadi va marraga 21 daqiqa 05.3 soniyada yetib keldi. Germaniyalik Laura Dalmayer esa 12 soniya ortda qolib, ikkinchi pog‘onadan joy egalladi. Poygada chexiyalik Veronika Vitkova kuchli uchlikni yakunladi.

Bugun, musobaqada erkaklar sprint poygasida kuch sinashadi.