O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Terma jamoamizning uch nafar vakili Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi

Terma jamoamizning uch nafar vakili Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi
8-11 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Dunyoning eng sara atletlari qatnashadigan mazkur musobaqada terma jamoamizning uch nafar vakili Adhamjon Ergashev (-67 kg), Doston Yoqubov (-73 kg) va Muattar Nabieva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Sportchilarimizga Bahram Mendiboev ustozlik qiladi. Delegatsiyaga esa Shahrullo Mahmudov rahbarlik qiladi.


559
O‘zA